O‘zbekistonlik 82 nafar ziyoratchi Istanbul aeroportida qolib ketdi (video)
3-sahifa
−
20 aprel 10409 1 daqiqa
Joriy yilning 18 aprel kuni Saudiya Arabistonidan Turkiya orqali O‘zbekistonga qaytayotgan 82 nafar O‘zbekiston fuqarolari Sabixa Gyokchen xalqaro aeroportida murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
O‘rganish ishlari davomida ma’lum bo‘lganki, ular “Ihlos Travel” va “Hikmat Travel” nomli hususiy turustik firmalar xizmatlaridan foydalangan holda “Ar-Riyod - Istanbul - Chimkent-Toshkent” yo‘nalishi orqali umra ziyoratini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Biroq tomonlar o‘zlariga yuklatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani sabab fuqarolar chet elda qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan.
Holat bo‘yicha tegishli idoralar mas’ullari bilan masalani hal qilshga qaratilgan muzokaralar olib borilgan, shuningdek yuqoridagi firmalar mutasaddi xodimlari bilan suhbatlashilgan.
Natijada fuqarolarning vaqtincha tranzit hududida bo‘lishi davomida oziq-ovqat, transport va boshqa zaruriy tovar hamda xizmatlar bilan ta’minlanishiga erishilgan. Ziyoratchilar kelishilgan yo‘nalish bo‘yicha xavfsiz O‘zbekistonga qaytarish ishlari to‘liq nazorat ostida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haj ziyoratiga yuborish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlangandi.
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may