O‘zbekistonliklar 2023 yilda “chiroyli” avtoraqamlar uchun qancha sarfladi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda 2023 yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotilgan. Bu haqda Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, sotilgan avtomobil raqamlarining jami qiymati 396,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Bular  orasidagi eng qimmat va “chiroyli” avtoraqam yuridik shaxsga 450 million so‘mga sotilgan.

Auksiondagi ikkinchi qimmat raqam esa 439,56 million so‘mga sotilgan. Uning xaridori ham yuridik shaxs bo‘lgan. Eng qimmat beshlik jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan 399,6 million, 395 million hamda 378,18 million so‘mlik avtomobil raqamlari bilan yakunlangan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 29 yanvaridan 4 fevraligacha o‘zbekistonliklar avtoraqamlar uchun auksion orqali 18,8 mlrd so‘m sarflagan. 

Ma’lumot uchun,  2022 yilda onlayn auksionda 50 777 ZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda  ilk bor avtomobil raqami qariyb 600 million so‘mga sotilgandi. Ushbu avtoraqam 2020 yil 14 dekabr kuni savdoga chiqarilgan. Uning boshlang‘ich narxi 111 500 000 so‘mga teng bo‘lgan.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

“chiroyli” avtoraqamlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar