O‘zbekistonliklarning ko‘proq qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda aholining aksariyat qismi qon aylanish tizimidagi kasalliklardan vafot etishi aniqlandi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024 yilning yanvar - mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatlarining 57, 9 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari, 7,5 foizi nafas olish bilan bog‘liq kasalliklar, 9,1 foizi o‘simtalar, 4,5 foizi baxtsiz hodisa, jarohatlanish, zaharlanish, 4,1 foizi ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari, 1,2 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar va 15,7 foizi boshqa kasalliklar oqibatida yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning 1-choragi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi ma’lum qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made