O‘zbekistonning bir qancha hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyati va Namangan viloyatining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi. 

Joriy yilning 7-8 fevral kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi oqibatida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

6-12 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:    

•  Qashqadaryo viloyati: Dexqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;     

•  Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on,Sariosiyo, Uzun tumanlarida;     

•  Samarqand viloyati: Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrobod, Samarqand, Urgut tumanlarida;     

•  Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;     

•  Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);     

•  Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qor ko'chish xavfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made