O‘zbekistonning Misrga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
14 noyabr 5030 1 daqiqa
Bugun, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAning Al-Ayn shahrida bo‘layotgan xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi Misrga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin uchun O‘zbekiston MTJning asosiy tarkibi e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, uchrashuv “Hazza bin Zayd” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi. Turnirda 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan to‘rtta jamoa – Eron, Kabo-Verde, O‘zbekiston va Misr ishtirok etmoqda.
Kecha, 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yarim finalda Eron Kabo-Verdeni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. O‘zbekiston – Misr o‘yinining g‘olibi finalda Eronga qarshi maydonga tushadi. Mag‘lub jamoa esa 3-o‘rin uchun Kabo-Verde bilan bahs yuritadi.