O‘zbekistonning mundialdagi bazasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Jahon chempionati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Jorjiya shtatining Atlanta shahri baza vazifasini o‘taydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoa mundial davomida Atlanta shahrida istiqomat qiladi va mashg‘ulotlarni “Atlanta Yunayted” klubiga qarashli mashg‘ulot bazasida olib boradi.

Qayd etish joiz, turnir davomida FIFA tomonidan 61 ta lokatsiya tanlangan bo‘lib, ular musobaqa ishtirokchilarining istiqomat qilishi va mashg‘ulot o‘tkazishi uchun mo‘ljallangan. 

Bazalarga joylashtirish jarayoni terma jamoalarning o‘yinlar o‘tkaziladigan shahar va stadionlar geografiyasidan kelib chiqib belgilanadi. Guruh bosqichi uchrashuvlari davomida ishtirokchilar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali yetib borib, o‘yin yakunlangach o‘z bazasiga qaytib keladi.

O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan Portugaliya terma jamoasi- Palm-Bich-Gardensga, Kolumbiya esa Kolumbus shahriga joylashadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatini 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Fabio Kannavaro Atlanta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing