O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi
Jamiyat
−
09 aprel 3822 1 daqiqa
Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qiymati 8,1 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida keltirilgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 1 aprel holatida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 68,99 mlrd dollarni tashkil etgan. Mart oyi davomida u 8,1 mlrd dollarga kamaygan.
Zaxiralarning valyuta qismi 1,26 mlrd dollarga, oltin qismi qiymati esa 6,82 mlrd dollarga pasaygan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi 13,1 milliondan 13,4 mln troya unsiyasigacha ko‘paygan. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlar portfeli deyarli o‘zgarmagan va taxminan 1,5 mlrd dollar darajasida qolgan.
Qayd etish joiz, zaxiralarning kamayishi mart oyida jahon bozorida oltin narxining tushishi bilan bog‘liq.
Xalqaro standartlarga ko‘ra, O‘zbekiston zaxiralari darajasi juda yuqoriligicha qolmoqda. Ular taxminan 17,5 oylik importni qoplashga qodir, vaholanki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan tavsiya etilgan minimal ko‘rsatkich 3 oyni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 yanvar holatida regulyator zaxiralaridagi aktivlarning jami qiymati 66,31 mlrd dollarni tashkil etgandi.
Live
Barchasi