O‘zbekistonning Venesuelaga qarshi asosiy tarkibi e’lon qilindi
Sport
−
30 mart 4612 1 daqiqa
Bugun, 30 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida Venesuelaga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv uchun O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi e’lon qilindi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ushbu bahsni quyidagi tarkib bilan boshlaydi:
Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Toshkent mezbonligidagi ushbu turnir FIFA tasarrufida tashkil etilmoqda. Shuningdek kun doirasida Gabon va Trinidad Tobago qarama-qarshiligi ham bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 27 mart kuni o‘tkazilgan Gabonga qarshi bahsda Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilovning gollari evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Live
Barchasi