O‘zbekistonning JCHdagi imkoniyatlari baholandi

Sport

image

Kecha, 5 dekabr kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy oldi. Qur’a tashlash marosim yakunlangach, ESPN nashri barcha jamoalarning jumladan, O‘zbekiston terma jamoasining ham guruhdagi imkoniyatlarini baholadi.

“Portugaliya va Kolumbiyaning “K” guruhidan o‘rin olishi bilan bu guruh “o‘lim guruhi”ga aylanishi mumkin edi, biroq O‘zbekistonning 3-savatchadan va pley-off jamoasining 4-savatchadan kelgani vaziyatni o‘zgartirib yurdi. Italiya futboli afsonasi Fabio Kannavaro boshqarayotgan O‘zbekiston terma jamaosi Portugaliya va Kolumbiya fonida yaqqol autsayder sifatida maydonga chiqadi. Biroq pley-offdan keladigan jamoa nomi hali noma’lum bo‘lganligi sababli guruhning yakuniy holati hali noaniq bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.

Nashrga ko‘ra, Portugaliya va Kolumbiya terma jamoalari pley-off bosqichiga chiqish uchun asosiy favoritlar hisoblanadi. Bu jamoalar o‘rtasidagi bahs guruhda 1- va 2-o‘rin taqdirini hal qilishi kutilmoqda. Har ikkala jamoa chempionlik uchun da’vogarlar sirasiga kirmasa ham kamida chorak finalga qadar yetib borish salohiyatiga ega. Portugaliya va Kolumbiyaning pley-offga chiqishi deyarli aniq. Boshqa har qanday natija sensatsiya, deya baholanadi.

Shunday qilib, ushbu guruhning yakuniy holati mutaxassislar tomonidan quyidagicha bo‘lishi taxmin qilindi:

  • Portugaliya; 
  • Kolumbiya;
  • qit’alararo pley-off g‘olibi;
  • O‘zbekiston.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatini 2026 yil 17 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Navbatdagi uchrashuv 23 iyun kuni Ronaldu yetakchiligidagi Portugaliyaga qarshi bo‘lib o‘tsa, guruh bosqichining so‘nggi bahsi 27 iyun kuni o‘tish o‘yini g‘olibiga qarshi o‘tkaziladi. Uchrashuvlarning qaysi stadionlarda bo‘lib o‘tishi bugun, 6 dekabr kuni e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing