“O‘zbekneftgaz” raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
17 fevral 2884 1 daqiqa
Bugun, 17 fevral kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Suhrob Ahmadjonovich Hamroyev boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Suxrob Hamroyev investitsiya va infratuzilmaviy loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, texnik-iqtisodiy asoslanishni baholash hamda yirik ishlab chiqarish tashabbuslarini amalga oshirish sohalarida ko‘p yillik tajribaga ega. Turli yillarda vazirlik va respublika darajasidagi davlat idoralari, ekspert agentliklari hamda neft-gaz va energetika sohalarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Abrorjon Akbarovich Xudoyberganov boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Abrorjon Xudoyberganov neft va gazni qayta ishlash qurilmalari, innovatsion loyihalar hamda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish yo‘nalishlarida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U mehnat faoliyatini qurilma kuzatuvchisi lavozimidan boshlab, bosqichma-bosqich mas’ul va rahbarlikgacha samarali faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq Islom Abdug‘aniyevich Abdurahmonov “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi etib tayinlangandi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi