“O‘zmetkombinat”ning sobiq rahbari ham xalqaro qidiruvga berildi

3-sahifa

image

2024 yil oktyabrdan 2025 yil avgustgacha “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJga rahbari lavozimida ishlagan Dilshod Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi so‘rovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Qidiruv e’lon Interpol saytida paydo bo‘ldi. 

1972 yilda tug‘ilgan Dilshod Ahmedov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda.

Dilshod Ahmedov 2021-2024 yillarda “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – ijrochi direktor lavozimida ishlagan. 2024 yil yanvarda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Dilshod Ahmedov 1972 yilda tug‘ilgan. I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti bitiruvchisi. Moskvadagi “Skolkovo” boshqaruv maktabida o‘qigan. O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat korxonalari aktivlarini boshqarish tajribasiga ega. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zmetkombinat Dilshod Ahmedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing