Van Gogning noyob kartinasi 62,7 mln dollarga sotildi
Bu qiziq
−
22 noyabr 2025 1881 1 daqiqa
Kecha, 21 noyabr kuni niderlandiyalik rassom Vinsent Van Gogning “Parij romanlari to‘plamlari va stakandagi atirgullar” nomli kartinasi Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida 62,7 million dollarga sotildi. Bu haqda NL Times xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kartinani san’atshunos Petti Vong sotib olgan. Yakuniy narx baholangan qiymatdan 35 foizga yuqori bo‘lgan. Auksiondan oldin Amsterdamdagi Van Gog muzeyi ekspertlari lotni o‘rganib, uning asl nusxa ekanini tasdiqlagan.

Van Gog ushbu kartinani 1887 yilning noyabr-dekabr oylarida Parijda, o‘sha paytda u akasi Teo bilan yashab turgan davrda chizgan. O‘sha davrdagi ijodida rassom fransuz san’atining kuchli ta’siri ostida bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fransuz rassomi Iv Klyaynning faqat ko‘k rangdan iborat monoxrom kartinasi Parijdagi Christie’s auksionida 18,4 million yevroga sotilgandi. “Kaliforniya” (IKB 71) deb nomlangan va taxminan to‘rtga ikki metr o‘lchamdagi bu asar rassomning xususiy kolleksiyalardagi eng yirik monoxrom ishlanmasi bo‘lgan.
Live
Barchasi