Vashington politsiyasi AQSHda Aliyevga qarshi bo‘lgan namoyish haqida izoh berdi (video)

Olam

image

Avvalroq, AQSHning Vashington shahrida “Tingchlik kengashi”ning birinchi yig‘ilishiga borgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning mehmonxonasi qarshisida namoyish o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Kecha, 20 fevral kuni AQSHning Metropolitan politsiya bo‘limi (MPB) mazkur holat yuzasidan TASSga izoh berdi.

Politsiya bo‘limi vakili Maxeta Uotson MPB ushbu hodisadan xabardorligini va namoyish vaqtida voqea joyida AQSH Maxfiy xizmati xodimlari ham bo‘lganini tasdiqlagan. Shuningdek, hozircha voqeaga aloqador hech kim qo‘lga olinmaganini ham aytgan.

Bundan tashqari, Uotson ushbu masala AQSH Maxfiy xizmati tomonidan Davlat departamentiga yo‘naltirilganini qo‘shimcha qilgan. 

Ozarbayjonning AQSHdagi elchixonasi Prezident Aliyev tunagan “Waldorf Astoria” mehmonxonasi qarshisida bir guruh namoyishchilar provokatsion harakat qilganini bildirgan. Prezidentga tegishli kortej mehmonxona tomon yaqinlashganda, namoyishchilar taqiqlangan hududga kirib, mashinaga hujum qilishga uringan. Oqibatda Prezidentning Qo‘riqlash xizmati tezlik bilan vaziyatni bartaraf qilishga majbur bo‘lgan. AQSH Maxfiy xizmati ham mehmonxona hududi rasmiy xavfsizlik zonasiga kirishini tasdiqlagan.

“The Washington Post” nashriga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 5 kishi jarohat olgan. 

Eslatib o‘tamiz, namoyishchilar Ozarbayjonda saqlanayotgan siyosiy mahbuslarga, xususan, Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi raisi Ali Karimliga ozodlik berilishini talab qilib, norozilik bildirgan.  Shuningdek, ular qo‘llarida ovoz kuchaytirgich bilan bir necha marotaba “Siyosiy mahbuslarga ozodlik”, “Diktator” deb baqirgan. Shundan so‘ng ularga nisbatan Prezident qo‘riqlov xizmati tarafidan kuch ishlatilib, jarohat yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ozarbayjon Ilhom Aliev namoyish Davlat departamenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing