Vinisius maoshi oshirilmasa, “Real”ni tark etadi – OAV

Sport

image

“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior yangi shartnoma doirasida yiliga 30 million yevro maosh olmasa, klubni tark etmoqchi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.

Manbaning yozishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi so‘nggi paytlarda muxlislar tanqidiga uchrayotgani fonida yaqin atrofidagilarga “Real”dan ketish istagi borligini bildirgan.

Qayd etilishicha, agar yangi shartnoma Vinisiusni klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirsa, u Madrid jamoasida qolishga tayyor. Shuningdek, futbolchi rahbariyatdan joriy yil aprel oyiga qadar yangi bitim bo‘yicha aniq qaror qabul qilishni talab qilib, ultimatum qo‘ygani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Vinisiusga da’vogarlik qilayotgan klublar orasida Fransiyaning “Pari Sen-Jermen”, Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Siti” jamoalari bor.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018 yil yozidan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. “Qirollik klubi” bilan u 3 marta La Liga va 2 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Shuningdek, 2024 yilda Vinisius FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi futbolchisi” deb e’tirof etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

maosh Vinisius Junior “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing