Vladikavkaz shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
10 aprel 4028 1 daqiqa
Bugun, 10 aprel kuni Rossiyaning Vladikavkaz shahrida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Shimoliy Osetiya bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasiga tayanib, RG xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, shaharning Sanoat tumanidagi Partizanskaya ko‘chasida joylashgan pirotexnika ombori portlagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kuchli gumburlashdan so‘ng shaharning shimoli-sharqiy qismida ulkan tutun ustuni ko‘tarilgan.
“Hodisa joyiga Rossiya FVV kuch va vositalari 2-darajali murakkablik tartibi bo‘yicha yuborildi”, deyiladi xabarda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi jarohatlangan.
“Avval qattiq portlash ovozini eshitdim, keyin tutunni ko‘rdim. U yerda boshqa portlashlar ham ancha vaqt davom etdi. Yaqinroq borganimda sirenalar chalindi, o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam mashinalari o‘sha tomonga qarab ketayotgan edi”, deydi vladikavkazlik Andrey Dzebisov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi yirik neft haydash markazlaridan biri – Krimsk chiziqli ishlab chiqarish-dispetcherlik stansiyasi Ukraina hujumi oqibatida yonib ketgan edi.
Live
Barchasi