Vodiy jamoalari 2026 yilgi mavsum uchun transferlarni boshladi
Sport
−
05 dekabr 888 1 daqiqa
Namanganning “Navbahor” jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan 4 ta futbolchi transferini e’lon qildi. Samvel Babayan boshchiligidagi “Andijon” jamoasi esa 7 ta yangi futbolchini jamoaga qo‘shdi, Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi esa bitta transferni amalga oshirdi.
Temur Kapadze boshchiligidagi Namanganning “Navbahor” jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan Diyor Xolmatov, Umar Adhamzoda, Dilshodjon Komilov va Islombek Mamatkazinni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Samvel Babayan boshchiligidagi “Andijon” jamoasi esa Imeda Ashortiya, Jamshid Boltaboyev, Igor Golban, Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Ibrohim Yo‘ldoshev va Xumoyunmirzo Iminov transferlarini e’lon qildi.
Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiy Islombek Ismoilov boshchiligida Izzatillo Po‘latov transferini amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matov Superliganing eng qimmat futbolchisi deb topilgan edi.
Live
Barchasi