Vodiyda sahro lochinini noqonuniy saqlab kelgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida sahro lochini (shaxin) qushi noqonuniy saqlab kelinayotgani va sotuvga qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi, IIB va viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka chek qo‘yish chora-tadbirlari olib borilib, I.I. ismli fuqaro qo‘lga olingan.

Ma’lumot uchun, sahro lochini lochinsimonlar oilasiga mansub qush bo‘lib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori 14-ilovasiga muvofiq BHMning 1500 barobari miqdorida (562 million 500 ming so‘m) zarar qo‘llanadi va zarar miqdori BHMning 300 barobaridan ko‘pligi sababli ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Sirdaryo viloyatida Qizil kitobga kiritilgan burgutni noqonuniy ravishda saqlab kelgan fuqaro 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sahro lochini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar