“Xon Saroy”dan ilk kino loyihasi: “Musiqa bu sevgi”
Biznes
−
18 Sentabr 6970 2 daqiqa
“Xon Saroy”dan siz kutmagan yangilik. Avvallari “Xon Saroy” kompaniyasi faqat sizga shinam va qulay xonadonlarni taklif qilgan bo‘lsa, endi u madaniyat olamiga qadam qo‘ydi, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zining "Musiqa bu sevgi" nomli birinchi badiiy film premerasini namoyish etadi.

Myuzikl janrida suratga olingan film premerasi 15 sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida bo‘lib o‘tdi. Tadbir mashhur aktyor va aktrisalarni, xalqimiz ardog‘idagi san’at ahilini kutib olish bilan boshlandi. Ushbu film klipmeyker Sunnat Namozovning rejissyorlik ishi. G‘oya muallifi esa – sevimli xonanda Shohruxxon.

“Xon Saroy” kompaniyasi homiyligida tashkil etilgan ushbu katta loyihaga nafaqat professional aktyor va aktrisalar, balki blogerlar ham jalb qilingan. Bu esa filmga yangicha zamonaviy yondashuvni olib kirgan. Misol uchun, bosh qahramon Farrux obrazini mashhur bloger Bobur Mansurov hamda chiqindi tashuvchi darbadar obrazini Mo‘min Ibrohimov mahoratli tarzda ochib bergan.


Filmning asosiy g‘oyasi musiqaga, umuman, san’atga nisbatan odamlarning munosabatini ko‘rsatib berish. Voqealar oddiygina "musiqa festivali"ni tashkillashtirishni orzu qilgan Farrux bilan boshlanadi. U tadbir ishtirokchilarini oddiy insonlar ichidan izlaydi va ularning iste’dodlarini kashf qiladi.

Film qahramonlari orasida “Super kelinchak” obrazi bilan yodda qolgan aktrisa Diana Yagafarova ham bor. Ammo bu filmda u zo‘ravonlikka uchragan ayol obrazida gavdalangan.
Katta ekranda namoyish qilingan film nafaqat san’at ahliga, balki barcha tomoshabinlarga ham birdek manzur bo‘ldi. Buning yorqin isbotini filmning so‘ngigacha tomosha qilgan muxlislar fikridan ham bilish mumkin.
“Musiqa bu sevgi” filmi premerasi san’at ixlosmandlari uchun unutilmas kecha bo‘ldi. Endi ushbu film yurtimiz kinoteatrlarida namoyish qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Musiqa bu sevgi” — “Xon Saroy” kompaniyasining birinchi kino loyihasi hisoblanadi. U ko‘p yillardan beri ko‘chmas mulk sohasida ishonchli va faol brend sifatida tanilgan. Hozirgacha kompaniya tomonidan Toshkentda 9 ta, Navoiyda esa 3 ta loyiha yakunlab, o‘z egalariga topshirilgan. Ayni paytda esa yana 10 ta loyihada qurilish ishlari davom etmoqda.
Ko‘chmas mulk bozoridagi tajribasi va yutuqlari bilan tanilgan Xon Saroy bugungi kunda o‘z faoliyatini kengaytirib, ijodiy va madaniy yo‘nalishlarda ham o‘z o‘rnini topmoqda.
Batafsil ma’lumot uchun: 71 200 74 00
Vebsayt | Telegram | Instagram
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi