Yaqin Sharqda urush ochgan Tramp Nobel mukofotiga qiziqmay qo‘ydi
Olam
−
13 mart 2214 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Nobel tinchlik mukofotini olish masalasiga endi qiziqmasligini bildirdi. Bu haqda u “Washington Examiner” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Jurnalistlar Trampdan Eronga qarshi harbiy operatsiya Nobel qo‘mitasi tomonidan tan olinishi mumkinmi, deb so‘rashgan.
“Bilmayman. Men qiziqmayman”, deya javob bergan AQSH Prezidenti.
Donald Tramp bu masala boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarda ko‘tarilganmi, degan savolga ham rad javobini bergan.
“Yo‘q, men Nobel mukofoti haqida gapirishni istamayman”, degan u.
Bir muddat oldin Tramp bir necha bor Nobel tinchlik mukofotiga loyiq ekanini ta’kidlagan edi. Biroq, 2025 yilda bu mukofot venesuelalik muxolif siyosatchi Mariya Korina Machadoga berilgan. Keyinchalik u Tramp bilan uchrashuv chog‘ida Nobel mukofoti medalini unga topshirib, Tramp bu mukofotga loyiq ekanini aytgan.
Malumot uchun, joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroil Eron hududidagi bir qator binolarga zarba berishni boshladi. Hujumlar oqibatida infratuzilmalar zarar ko‘rgan va tinch aholi halok bo‘lgan. Zarbalar oqibatida Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘lgan. Shundan so‘ng mamlakatda 40 kunlik motam e’lon qilingan. Eron esa bunga javoban Isroil hududiga hamda Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy ob’ektlariga zarbalar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Kentukki shtatidagi Xebron shahrida o‘tkazilgan mitingda AQSH Eronga qarshi urushda birinchi soatning o‘zida g‘alaba qozonganini aytgandi.
Live
Barchasi