Yaxshi o‘qigan maktab bitiruvchilari ayrim OTMlarning 2-kursiga qabul qilinadi
Jamiyat
−
09 Sentabr 7240 1 daqiqa
Yaxshi natijaga erishgan maktab bitiruvchilari ayrim oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan Maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, iqtidorli o‘quvchilarga sharoit yaratish uchun viloyatlarda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Al-Xorazmiy, muhandislik bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek, tabiiy fanlar yo‘nalishida Ibn Sino maktablari filiallari tashkil etiladi. Endi ularning barchasi hududlardagi texnika oliygohlariga nomma-nom biriktiriladi. Yaxshi natijaga erishgan bitiruvchilar ushbu oliygohlarning 2-kursiga qabul qilinadi.
Shuningdek, 2026 yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida eng nufuzli ikkita: xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari Markaziy Osiyo davlatlari ichida ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Bosh vazirga poytaxt Toshkentda ushbu olimpiadalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha tashkiliy masalalarni nazoratga olish topshirildi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr