Yamal Flikdan Reshfordni o‘yindan chetlatishni so‘radi – OAV
Sport
−
17 fevral 1878 2 daqiqa
Ispaniyalik yarim himoyachi Lamin Yamal “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flickka jamoaning ayrim o‘yinlarida Markus Reshfordni asosiy tarkibdan tushirib qoldirish kerakligini aytdi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona”ning yosh yetakchilaridan biri hisoblangan Yamal murabbiy bilan suhbatda ingliz hujumchisining so‘nggi o‘yinlardagi harakatlarini muhokama qilgan.
Xabarlarda aytilishicha, 18 yoshli qanot futbolchisi Reshfordning himoyaviy harakatlarda yetarlicha ishtirok etmayotgani va to‘psiz holatda passiv o‘yin ko‘rsatayotganini ta’kidlagan. Uning fikricha, bu holat jamoaning umumiy muvozanatiga ta’sir qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu muammo ayniqsa intizom va jamoaviy ish yuklamasi muhim bo‘lgan yuqori darajadagi taktik uchrashuvlarda yaqqol sezilmoqda. La Liganing 24-turi doirasida “Jirona”ga qarshi o‘yin oldidan bu masala yanada dolzarb bo‘lgani aytilmoqda.
Manbaga ko‘ra, Yamal murabbiyga to‘g‘ridan to‘g‘ri Reshfordning ayrim o‘yinlarda asosiy tarkib uchun mos kelmasligi haqida fikr bildirgan. Bu esa intizomiy emas, balki sof futbol va taktik masala sifatida ko‘rilgan.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford joriy mavsum boshida “Manchester Yunayted”dan ijara asosida “Barselona” safiga qo‘shilgandi. U joriy mavsum davomida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Live
Barchasi