Yangilangan FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorovning o‘rni o‘zgarmadi

Sport

image

Butunjahon shaxmat federatsiyasi (FIDE) yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Ushbu reytingdan 5 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi o‘rin oldi.

Mazkur reytingda Nodirbek Abdusattorov 2766 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinni band etdi. Uning avvalgi o‘rni ham shunday ko‘rinishda edi. Bu oyda Abdusattorovning reyting ochkolari 2 taga kamaydi. Avvalgisi 2768 ochko edi. Javohir Sindorov 31-o‘ringa ko‘tarildi. Uning o‘tgan oydagi o‘rni 37-o‘rin edi. Sindorov reyting ochkolarini 2700 taga yetkazdi. Eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov 2681 ochko jamg‘arib, 46-pog‘onada joylashgan. 2760 ochkoga ega Shamsiddin Vohidov 52-o‘rindan joy oldi. O‘tgan oyda 67-o‘rinda bo‘lgan Nodirbek Yoqubboyev 2659 ochko bilan bu oyda 68-o‘ringa tushib ketdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Nodirbek Abdusattorovning an’anaviy “Tata Steel Chees” musobaqasida sovrindor bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

shaxmat Nodirbek Abdusattorov FIDE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing