Yaponiyada geymerlar uchun karavot ishlab chiqildi
Texnologiya
−
23 mart 3209 2 daqiqa
Yaponiyaning Bauhutte kompaniyasi o‘zining g‘ayrioddiy ishlanmasi – Electric Gaming Bed 2 ning ikkinchi versiyasini chiqardi. Bu dam olish, o‘yin o‘ynash va kontent tomosha qilishni turmasdan birlashtirishni xohlaydiganlar uchun mo‘ljallangan karavotning takomillashtirilgan varianti. Bu haqda “Playground” xabar berdi.
Yangi qurilma qismlarga ajraladigan konstruksiyaga ega bo‘lgan: endi asos bir nechta seksiyalarga bo‘linadi, bu esa uni tashish va ko‘chirishni osonlashtiradi. Yig‘ilgan holatda bu elektr yuritmali odatiy karavot bo‘lib, uning yuqori va pastki qismlarini ko‘tarish imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi tana holatini to‘liq yotishdan yarim o‘tirishgacha osongina o‘zgartirishi mumkin.
Oldingi versiyaning asosiy muammolaridan biri seksiyalar ko‘tarilganda matrasning sirg‘alib ketishi edi. Yangi modelda bu kamchilik bartaraf etilgan: matras mahkamlanadi va qiyalik burchagidan qat’i nazar o‘z joyida qoladi.
Aslida, qurilma avvalgi g‘oyani saqlab qolgan – bu shunchaki karavot emas, balki kundalik hayotning o‘ziga xos “boshqaruv markazi”dir. Unda birgina tugmani bosish orqali rejimlarni almashtirib, uxlash, o‘yin o‘ynash yoki film tomosha qilish mumkin.
Qizig‘i shundaki, sozlanuvchi seksiyali texnologiyalar anchadan beri harakati cheklangan insonlar uchun tibbiy karavotlarda qo‘llanib kelinadi. Biroq Bauhutte aynan geymerlarga urg‘u bermoqda, bu esa bir oz bahsli ko‘rinadi: xuddi shu funksiyalar reabilitatsiya yoki surunkali kasalliklarda ham foydali bo‘lishi mumkin.
Yaponiyadagi narxi karkas uchun taxminan 70 400 iyenani (taxminan 50 dollar) tashkil etadi, matras esa alohida sotib olinadi. Xalqaro bozorga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Live
Barchasi