Yaponiyada maktab avtobusi YTHga uchradi

Olam

image

Hodisa oqibatida 17 nafar o‘quvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Bugun, 4 iyun kuni Yaponiyaning Totigi prefekturasida yirik yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus yo‘lda beshta yengil mashina bilan to‘qnashib ketgan. 

To‘qnashuv natijasida 17 kishi jiddiy jarohatlangan, ularning 15 nafari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari bo‘lishgan. O‘quvchilar yaqin hududdagi shifoxonaga yotqizilgan. 

Hozirgi paytda huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing