YeI Rossiyadan ko‘proq gaz sotib olmoqda

Olam

image

Yevropa Ittifoqi Yaqin Sharqdagi energetik inqiroz fonida Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazini import qilishni oshirdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

2026 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Yamal LNG loyihasidan Yevropaga yetkazib berish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foizga oshib, 5 mln tonnaga yetgan. Shundan 1,8 mln tonnasi mart oyiga to‘g‘ri keladi.

Urgewald hisob-kitoblariga ko‘ra, YeI davlatlari ushbu gaz uchun 2,88 mlrd yevro sarflagan.

Nashrning ta’kidlashicha, aynan “Yamal SPG” Yevropa Ittifoqining Rossiyadan import qilinadigan gazining asosiy qismini ta’minlamoqda. Yanvar–mart oylarida kompaniya yuborgan 71 partiyaning 69 tasi (97%) Yevropa davlatlariga to‘g‘ri kelgan (2025 yilda bu ko‘rsatkich 87% edi).

Mart oyi yakunlariga ko‘ra, Yevropada gazning o‘rtacha narxi 1 MVt·soat uchun taxminan 52,87 yevroni tashkil etgan (yanvar–fevralda bu ko‘rsatkich 35 dollar atrofida bo‘lgan).

Nashr manbalariga ko‘ra, uzoq muddatli suyultirilgan tabiiy gaz shartnomalaridagi narxlar ma’lum darajada moslashuvchan.

Rossiya gaziga talabning oshishi Qatarning energiya ob’ektlariga berilgan zarbalar va Hormuz atrofidagi vaziyat bilan ham bog‘liq.

Ma’lum qilinishicha, harbiy harakatlar boshlanishidan oldin aynan shu bo‘g‘oz orqali dunyo suyultirilgan tabiiy gaz savdosining 30 foizdan ortig‘i, shuningdek, 15–20 foiz neft va neft mahsulotlari tashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing