Yekaterenburgda Ozarbayjon diasporasi rahbarining o‘g‘li hibsga olindi
Olam
−
16 iyul 6385 2 daqiqa
Rossiyaning Yekaterenburg shahrida Ozarbayjon diasporasi rahbarining o‘g‘li Mutvala Shixlinskiy kecha, 15 iyul kuni qo‘lga olindi. Bu haqda xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib, mahalliy nashrlar xabar berdi.
OAV xabariga ko‘ra, u tergov qo‘mitasiga so‘roq uchun olib ketilgan, so‘ngra vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga jo‘natilgan.
Mutvala Shixlinskiyning hibsga olinishiga 1 iyul kuni sodir bo‘lgan voqea sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. O‘shanda maxsus kuchlar xodimlari “Baku Plaza” savdo markazi yonida yo‘l o‘rtasida Ozarbayjon diasporasi rahbari Shaxin Shixlinskiyni qo‘lga olgandi. Internetda Shixlinskiyni hibsga olinishi aks etgan videolar ham tarqaldi. Unda ichida diaspora rahbari bo‘lgan Mercedes-Benz G-klassi avtomobili o‘rab olingani va xodimlardan biri “gelik”ning oynasini sindirganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, mazkur jarayonda mashina orqaga harakatlanib, xavfsizlik xodimlaridan birining ustidan bosib o‘tgani aytiladi. Rulda esa Mutvala edi. Bu harakat Rossiya Jinoyat kodeksining 318-moddasida (hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash) nazarda turilgan jinoyat bo‘lishi mumkin.
Mutvala otasi hibsga olinganidan so‘ng, diaspora rahbari Rossiya kuch ishlatar tuzilmalarining reydida halok bo‘lgan aka-uka Safarovlarga qarshi jinoiy ish bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilinganini aytdi, bu 2001-2011 yillarda Yekaterinburgda sodir etilgan bir qator qotilliklar va qotillikka suiqasdlarni tergov qilish bilan bog‘liq. Biroq Shahin Shixlinskiyni qo‘lga olinganidan bir necha soatdan o‘tib qo‘yib yuborildi, unga hech qanday ayblov qo‘yilmadi.
Mutvala Shixlinskiyning hibsga olinishiga qaytadigan bo‘lsak, u advokat maqomiga ega va unga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishning alohida tartibi amal qiladi — ish faqat mahalliy Tergov qo‘mitasi rahbari, shuningdek, uni nazorat qiluvchi prokurorning qarori bilan qo‘zg‘atilishi mumkin. Biroq u 318-modda bo‘yicha aybdor deb topilsa, besh yilgacha qamoq jazosi va 200 ming rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Bugun, 16 iyul kuni Yekaterinburgning Leninskiy tuman sudi matbuot xizmati Mutvala Shixlinskiyga nisbatan hukumat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochilganini ma’lum qildi. Shixlinskiy uchun ehtiyot chorasini tanlash bo‘yicha material tez orada ko‘rib chiqiladi.
Live
Barchasi