Yerda yana muzlik davri boshlanishi mumkin – tadqiqot

Bu qiziq

image

Yer haroratining oshishi paradoksal tarzda sayyorada keskin sovuqqa – yangi muzlik davriga olib kelishi mumkin. Bu haqdagi xulosaga Germaniyaning Bremen shahridagi MARUM dengiz atrof-muhit fanlari markazi olimlari keldi. 

Ularga ko‘ra, Yerning iqlimiy muvozanati faqat minglab yillar davomida karbonatni ushlab turuvchi va haroratni barqarorlashtiruvchi silikat jinslarning sekin yemirilishi bilan belgilanmaydi.

Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayniqsa suv o‘tlari, fosfor va kislorod bilan bog‘liq biologik va okean sikllari sayyora haroratiga yanada kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Yer tarixining katta qismida olimlar silikat jinslarning asta-sekin yemirilishini sayyoraning asosiy tabiiy termostati deb hisoblab kelgan. Bu jarayonda yomg‘ir suvi havodagi karbonat angidridni yutadi, ochiq tog‘ jinslariga tushadi va ularni asta-sekin eritadi. 

Ajralib chiqadigan uglerod va kalsiy okeanga borib tushadi va u yerda marjon riflari va chig‘anoqlarni hosil qilishga xizmat qiladi. Bu materiallar yuz millionlab yillarga karbonatni okean tubida saqlab qoladi. Ammo tarixda shunday davrlar bo‘lgan, Yer butunlay muzlab, qutbdan qutbgacha muz qatlami bilan qoplangan. Olimlar buni faqat tog‘ jinslarining yemirilishi bilan tushuntirib bo‘lmasligi va bunday keskin sovishlarda boshqa omillar ham rol o‘ynaganini aytmoqda. Eng muhim sabab okean uglerodni qanday saqlashidadir. Atmosferada SO₂ ko‘payib, Yer qizib borishi bilan okeanlarga ko‘proq oziq moddalar – masalan, fosfor yuvilib tushadi. Bu oziq moddalar suv o‘tlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi, ular fotosintez orqali karbonatni yutadi. O‘lgan suv o‘tlari esa okean tubiga cho‘kadi va uglerodni o‘zi bilan olib ketadi. Ammo issiq iqlimda suv o‘tlarining haddan tashqari ko‘payishi suvda kislorod darajasining pasayishiga olib keladi. Kislorod yetishmasa, fosfor ko‘proq qayta aylanishga tushadi va cho‘kmalarda saqlanmaydi.

Shu bilan birga, katta miqdordagi uglerod okean tubida ushlanadi va oxir-oqibat sayyorani sovutadi. Olimlar – Hyulse va Endi Ridjvell shu murakkab jarayonlarni hisobga olgan holda, Yerning ilg‘or iqlim modeli ustida yillar davomida ishlagan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, atmosferada kislorod darajasi past bo‘lgan qadimgi Yer tarixida bu oziq moddalar bilan bog‘liq “teskari sikllar” kuchliroq bo‘lgan va aynan ular keskin muzlik davrlarini keltirib chiqargan. 

Bugun insoniyat tobora ko‘proq SO₂ chiqarar ekan, Yer isishda davom etadi. Ammo uzoq muddatda, modelga ko‘ra, bu jarayon yana keskin sovishga olib kelishi mumkin. Shunga qaramay, bugungi atmosferada kislorod ko‘proq bo‘lgani sababli keyingi sovish o‘tmishdagidek keskin bo‘lmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqlim o‘zgarishi tufayli Yer yuzidagi o‘rmonlar jiddiy xavf ostida qolayotgani haqida xabar berilgan edi. BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasiga kiruvchi mamlakatlar hududida – Yevropa, Shimoliy Amerika, Kavkaz va Markaziy Osiyoda 1,76 milliard gektardan ortiq o‘rmon mavjud bo‘lib, bu dunyo o‘rmonlarining 40 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Er muzlik davri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing