Yevropa o‘z xavfsizligini o‘zi belgilaydi – Makron

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Yevropa o‘z xavfsizlik arxitekturasini mustaqil ravishda qayta ishlab chiqishi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Rossiyaning amaldagi siyosati sharoitida eski tizim uzoqqa bormaydi va yangi parametrlarni aynan yevropaliklar belgilashi zarur. Bu haqda Bu haqda Prezidentning so‘zlariga tayanib, “Euronews” xabar berdi.

Makron “ertangi kun” uchun xavfsizlik modeli Yevropa tomonidan ishlab chiqilishi shartligini bildirib, bu jarayonni boshqa davlatlar emas, qit’aning o‘zi hal qilishi kerakligini aytgan. U yadroviy “tiyib turish” masalasida ham ittifoqchilar bilan “yaxlit yondashuv” asosida strategik muloqot boshlanganini ochiqlagan.

Yetakchi, shuningdek, Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan yadroviy doktrinalarni uyg‘unlashtirish yuzasidan muzokaralar olib borilayotganini aytgan. Mers esa Germaniya NATO doirasidagi majburiyatlariga sodiq qolishini va Yevropada turlicha xavfsizlik zonalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini urg‘ulagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya kansleri Fridrix Mers ko‘p yillar davomida o‘zgarmay kelgan qoidalarga asoslangan tartib endi mavjud emas, davlatlar xavfsizlik va himoya strategiyasini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini bildirgandi. 

Uning qayd etishicha, Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin yuzaga kelgan “yagona qudrat” davri tugagagan va yangi kuchlar siyosati eng kuchli davlatlarni ham xavf ostiga qo‘ymoqda. Bu jarayon ko‘plab demokratik davlatlarda kuchli yetakchilikka bo‘lgan talab bilan bog‘liq.

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Frantsiya Evropa Makron xavfsizligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing