Yunusobodga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
17 dekabr 5194 1 daqiqa
Bugun, 17 dekabr kuni Abrorxo‘ja Rustamxo‘ja o‘g‘li Saidaliyev Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Abrorxo‘ja Saidaliyev 1994 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy – 2017 yilda O‘zbekiston milliy universiteti, 2021 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2018 yildan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida ishlab kelgan va 2022 yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
2022 yil boshidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Abduvaliyev nega ishdan olingani ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davron Rahimjonovich Ismatov Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi