Yusupov attestatsiya raisligidan ketdi
Jamiyat
−
11:11 6061 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmadbek Tojiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Ahmadbek Tojiyevich Yusupov 1958 yilda Toshkent shahrida to‘g‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 1979 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1979 yilda Toshkent charm va sport buyumlari ishlab chiqarish birlashmasida boshlagan. 1982-1984 yillarda Toshkent shahar Shayhontoxur tumani yoshlar ittifoqi qo‘mitasi noziri, 1984-1985 yillarda Toshkent charm va sport buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi muhandis-texnologi, 1985-1994 yillarda Ishlab chiqarish kuchlarini o‘rganish kengashining kichik, katta, yetakchi, bosh ilmiy xodimi va bo‘lim mudiri, 1994-1997 yillarda Iqtisodiyot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 1997-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bosh tashkiliy-tahliliy boshqarmasi boshlig‘i, 2000-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining bosh konsultanti, 2005-2012 yillarda OAK bosh ilmiy kotibi, 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda OAK raisi, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi qaroriga muvofiq OAK raisi lavozimiga tayinlangan. Yusupov “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. Unda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlar taklif etilgan.
Bunda Oliy attestatsiya komissiya faoliyatini Fanlar akademiyasi tizimida tashkil qilish, ilmiy kengashlar mas’uliyatini oshirish hamda ular faoliyatini reyting asosida baholash nazarda tutilgan.
Live
Barchasi