Z-avlod nega hayotdan norozi?

Bu qiziq

image

Bugungi kunda 18–25 yoshdagi yoshlar orasida surunkali charchoq, apatiya va “hayot allaqachon zeriktirdi” degan hissiyot va shikoyatlar tobora ko‘paymoqda. Bu haqdagi tadqiqot xulosalarini B17 nashri keltirdi.

Aslida 20 yoshda insonda cheksiz imkoniyatlar hissi bo‘lishi kerak: yangi tanishuvlar, o‘qish yoki ilk ish, ota-ona nazoratidan nisbatan erkinlik. Ammo energiya o‘rniga Z-avlodi tobora ko‘proq emotsional jizzakilik holatiga duch kelmoqda.

Qayd etilishicha, buning asosiy sabablari axborot yuklamasining haddan tashqari ko‘pligi. Z-avlodi raqamli dunyoda voyaga yetgan. Yangiliklar lentasi, TikTok, memlar, xavotirli sarlavhalar, siyosiy inqirozlar – bularning barchasi uzluksiz oqim tarzida keladi. Miya doimiy ravishda “qayta ishlash” rejimida ishlaydi va inson shunchaki lenta aylantirib o‘tirganida ham energiya sarflanadi.

Taqqoslash madaniyati: ijtimoiy tarmoqlar hayotni go‘yoki vitrinaga aylantirgan. 20 yoshda tengdoshlaring sayohat qilayotgani, biznes ochayotgani yoki millionlab obunachiga ega bloger bo‘layotganini ko‘radi. Ularning fonida universitetdagi o‘qish yoki qahvaxonadagi ish muvaffaqiyatsizlikdek tuyulishi mumkin. Bu esa impostor sindromi va “ortda qolayapman” degan hissiyotga olib keladi.

Kelajakning beqarorligi: pandemiya, urushlar, inqirozlar, narxlarning oshishi –  Z-avlodida barqarorlik illyuziyasi deyarli yo‘q. Ular “rejalar bir kunda barbod bo‘lishi mumkin” bo‘lgan dunyoda yashamoqda. Ruhiyat bunga xavotir va harakatlarning ma’nosizligi hissi bilan javob beradi.

Haqiqiy dam olishning yo‘qligi: hatto “dam olayotganda” ham Z-avlodi onlayn qoladi. Uzuq-yuluq uyqu, tonggacha kino ko‘rish, messenjerlarda yozishmalar – miya to‘liq tiklanish imkoniga ega bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ish joyida uzoq vaqt davomida o‘tirish barcha sabablar bo‘yicha o‘lim xavfi va yurak-qon tomir kasalliklarini oshirishi isbotlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

TikTok Z-avlod apatiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing