Zangiotadagi sexga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Kecha, 26 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan “sellofan” paketlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat 20:06 da tumanning “Nazarbek” MFY, Hurriyat ko‘chasida joylashgan “sellofan” paketlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:17 da yetib borib, soat 20:51 da yong‘in o‘rab olingan va soat 21:40 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaat kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar, Sergeli tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Zangiota tsellofan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing