“Zapravka”dagi naqd pul muammosi: Kusherboyev yutqazdi. Ammo…

Intervyu

Avvalroq, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi maslahatchisi Rasul Kusherboyev yonilg‘i quyish shoxobchasida naqd pul orqali to‘lov qilish imkoniyati cheklanganini qonunga zid deb baholab, sudga murojaat qilgandi. Bugun, 3 iyun kuni mazkur ish bo‘yicha yakuniy sud majlisi bo‘lib o‘tdi. QALAMPIR.UZ muhbiri mazkur sud jarayonida qatnashdi.

Bu galgi sud jarayonida O‘zenergoinspeksiya, Soliq qo‘mitasi, Biznes-ombudsman hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasidan vakillar ishtirok etdi. Vakolatli organ vakillari holat yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Shundan so‘ng, raislik qiluvchi sudya Shaxnoza Ibragimova tomonlarning so‘zlarini eshitib yakuniy qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, da’vogar Rasul Kusherboyevning javobgar “Las and Group” MCHJga nisbatan shikoyat arizasi rad etildi.

Voqea tafsilotlari bilan batafsil tanishish uchun QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasi orqali ushbu videoni tomosha qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev naqd pul Soliq qo'mitasi Biznes-ombudsman O'zenergoinspektsiya sud jarayoni “Zapravka” Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mita

Baholaganlar

0

Reyting

5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing