Zelenskiy Ukrainaga yadroviy qurollarni topshirishga chaqirdi
Olam
−
28 mart 5819 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlari Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari doirasida yadro quroli berishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Politika strani” Telegram-kanali xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya yadro davlat bo‘lgani uchun ko‘pchilik bu davlat bilan urushda g‘alaba qozonish qiyin deb hisoblaydi.
“Ukraina uchun qanday xavfsizlik kafolatlari bo‘lishi kerak? NATOmi? Yadro qurolimi? Unda bizga ochiq aytishsin: Biz sizga NATO ham beramiz, yadro quroli ham beramiz, deb”, deya ta’kidlagan Zelenskiy.
U, shuningdek, hozirgacha Ukraina hamkorlaridan hech biri yadro quroli masalasini ko‘tarmaganini qo‘shimcha qilgan.
27 mart kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio G7 sammiti ishtirokchilariga (Fransiyada bo‘lib o‘tgan) Ukraina faqat urush tugagandan keyin G‘arbdan xavfsizlik kafolatlarini olishini bildirgan.
Zelenskiy Rubio bilan uchrashuvdan so‘ng, urushni 2026 yil oxirigacha tugatishga umid qilayotganini aytgan. Shuningdek, AQSH Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilgan, biroq Kiyev bu muddatni ikki baravar uzoqroq qilishni xohlayotgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 26 mart kuni oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga yetib borgandi.
Live
Barchasi