Zelenskiy yangi yil tabrigida Rossiya bilan tinchlikka umid bildirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yangi yil tabrigida tinchlikka umid bildirdi. Uning tabrigi Telegram'dagi kanalida e’lon qilindi. 

“Biz tinchlikka ishonamiz, u uchun kurashamiz va u uchun mehnat qilamiz. Yangi yilingiz bilan, aziz ukrainaliklar!” deyiladi Zelenskiyning rafiqasi Yelena bilan tushgan bayramona fotosurati ostidagi izohda. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yakunlanayotgan 2025 yil Ukraina fuqarolarining matonati, fidoyiligi va kundalik mehnatining namunasiga aylandi. U ushbu qadriyatlarni himoya qilishga, birlik va inson qadr-qimmatiga hurmatni namoyish etishga chaqirdi.

Avvalroq, Zelenskiy Ukraina fuqarolariga Rojdestvo tabrigida ismi oshkor qilinmagan noma’lum shaxsning “azobda o‘lishini” tilagan edi. Jamoatchilik, ekspertlar, siyosatshunoslar tabrikda o‘lim tilangan shaxs sifatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nazarda tutilganini aytdi. Shu munosabat bilan Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muvozanatli va adolatli qarorlar qabul qilish qobiliyatiga shubha bildirdi.

O‘z navbatida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushda g‘alaba qozonishga ishonch bildirdi. Rossiya rahbari shuningdek, “maxsus harbiy operatsiya” nomini olgan Ukrainaga nisbatan bosqin ishtirokchilarini ham tilga oldi

“Men barcha askarlarimiz va qo‘mondonlarimizni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman! Biz sizga va g‘alabamizga ishonamiz!” dedi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing