Jahon chempionatining ochilishida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi (video)

Sport

image

Kecha, 11 iyun kuni Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi – Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari bahsidan bir necha daqiqa oldin “Asteka” stadionida muxlis vafot etdi. Bu haqda “Elbotola” xabar berdi. 

Jurnalist Patrisiya Estradaning ma’lum qilishicha, 40 yoshli muxlis “Asteka” stadioni hududida hushidan ketgan. Keyinchalik uning yurak xurujiga uchragani ma’lum bo‘lgan. Shifokorlarning tezkor harakatlariga qaramay, muxlisning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Xulian Kinones va Raul Ximenes mualliflik qildi.

Jahon chempionatining guruh bosqichi joriy yilning 11–27 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda har bir jamoa uchtadan uchrashuv o‘tkazadi. Har bir guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni olgan sakkizta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Musobaqa davomida jami 104 ta o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu Jahon chempionatlari tarixidagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Meksika Janubiy Afrika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing