Janjalga sabab bo‘lgan hakam o‘yinlardan chetlatildi (video)
Sport
−
01 may 6235 1 daqiqa
Avvalroq, Pro liga doirasidagi “Yaypan” va “G‘azalkent” jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunida hakamdan norozi muxlislar stadionga yugurib chiqqani, shundan so‘ng o‘yin hakamlari ta’qib ostida maydonni tark etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur o‘yin yuzasidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi ekspert hakamlar guruhi xulosasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, Pro liganing 6-turidan o‘rin olgan “Yaypan” – “G‘azalkent” uchrashuvidagi bahsli vaziyat ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Xulosada aytilishicha, 80-daqiqada hujumchiga nisbatan qo‘pollik sodir etilganiga qaramay, bosh hakam tomonidan qoidabuzarlik belgilanmagan. Shuningdek, Rustam Choriyev o‘yin davomida bir qator xatolarga yo‘l qo‘yib, o‘yin muvozanatini saqlay olmagani qayd etilgan.
Shu tariqa ekspert hakamlar guruhi xulosasi bilan Rustam Choriyev vaqtinchalik Superliga va Pro liga uchrashuvlaridan chetlatilishi to‘g‘risida ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvida hakamlar o‘yin natijasiga ta’sir qiladigan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan edi.
Oybek Rustamov
Live
Barchasi