Japarov ikki qardosh davlatga boradi

Olam

image

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov rasmiy tashrif bilan ikki turkiy davlat – Qozog‘iston va Ozarbayjonga boradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Japarov 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Qirg‘izistonning Qozog‘istondagi elchisi Dastan Dyushekeyev jurnalistlarga tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Japarov Qozog‘istonda Qirg‘iziston kinosi kunlarining ochilishi va boshqa qator tadbirlarda ishtirok etadi.

Oradan ko‘p o‘tmay Qirg‘iziston rahbari Ozarbayjonga yo‘l oladi. Uning bu davlatga tashrifi 24-25 aprel kunlariga rejalashtirilgan. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ayni damda Bishkekda bo‘lib turgan ozarbayjonlik mavqedoshi Jayhun Bayramov bilan bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilgan. Japarov ham katta ehtimol bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkiya rahbarlari kabi Qorabog‘ga borishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi saylovlarda ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Ozarbayjon tashrif Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing