Jennifer Lopezning konserti sabab Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopildi

Jamiyat

image

Bugun, 7 avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Bunyodkor stadionida soat 19:00 da xonanda Jennifer Lopezning konserti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarida soat 12:00 dan 23:00 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi:

  • Cho‘ponota – Qatortol ko‘chalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma va yondosh ko‘chalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bunyodkor stadionida jahon super yulduzi Jennifer Lopezning “Up All Night – Live in 2025” jahon sayyor chiqishlari doirasidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. O‘zbekistondagi dastur qo‘shiqchining mamlakatdagi ilk chiqishi bo‘lib, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining tashabbusi bilan xalqaro madaniy hamkorlikni targ‘ib etish va O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish doirasida o‘tkazilib kelinayotgan loyihalar qatoriga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing