Jerar Deparde hibsdan ozod qilindi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 29 aprel kuni jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib hibsga olingan mashhur aktyor Jerar Deparde bugun ertalab so‘roqlardan so‘ng politsiya bo‘limidan qo‘yib yuborilgan. Bu haqda uning advokati Kristian Sen-Pale Fransiya jurnalistlariga ma’lum qildi.

"Jerar Deparde endi politsiya bo‘limida emas: u hibsdan ozod qilindi", degan advokat.

Parij prokuraturasining bildirishicha, Depardega nisbatan ayblovlar bo‘yicha sud jarayoni joriy yilning oktyabriga belgilangan.  

Qayd etish joizki,  75 yoshli aktyor turli yillarda ikki ayolga jinsiy tajovuz qilgani uchun so‘roq qilinmoqda. Birinchi huquqbuzarlik, go‘yoki 2014 yilda "Sehrgar va siamliklar" filmini suratga olish maydonchasida, ikkinchisi esa 2021 yilda "Yashil panjurlar" kartinasini tasvirga olish jarayonida sodir bo‘lgan. Ammo aktyorning o‘zi barcha ayblovlarni rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Jerar Depard'e Sen-Pale

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made