Jizzaxda 65 tup ko‘knori ekkan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida tomorqasida 65 tup ko‘knori ekkan 43 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida tumanning “Yoshlik” mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. 

Tekshiruv jarayonida hovlida giyohvandlik vositasi hisoblangan ko‘knori o‘simligiga o‘xshash 65 tup o‘simlik ekilib, parvarishlab kelinayotgani aniqlangan. Ushbu o‘simliklar protsessual tartibda hujjatlashtirilib, ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli ekspertiza va surishtiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda o‘z uyining tomorqasida taqiqlangan giyohvand modda – jami 100 tupdan ko‘p kannabis o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxslar ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ichki ishlar vazirligi Jizzax ko'knori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing