Jo‘qorg‘i Kenges Raisiga yangi o‘rinbosar saylandi
Jamiyat
−
10 Sentabr 4788 1 daqiqa
Bugun, 10 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari Rustam Saparbayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shu bilan birga, ushbu lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga 47-sonli “Sanaat” saylov okrugidan deputat Rajapboy Ko‘palbekovich Nurazizovning nomzodi taklif etildi.
Ma’lumot uchun, Rajapboy Nurazizov shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Live
Barchasi