Sergelidagi portlash ortidan 4 kishi hibsga olindi – QALAMPIR.UZ manbasi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonaning portlashi ortidan 4 kishi hibsga olindi. Ular ushbu omborxona hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari direktorlaridir. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Va jinoiy protsessual tartibda 4 kishi qo‘lga olingan. 

Qo‘lga olinganlarning shaxsi, ushbu ombor hududida qanday korxonalar ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritgani QALAMPIR.UZ’ga ma’lum emas. 

Eslatib o‘tamiz, portlash oqibatida hududdagi 26 ta ko‘p qavatli uyning 592 ta xonadoni, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgani aniqlangan.

Shuningdek, hududdagi 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan.

163 kishi jarohatlandi, 2006 yilda tug‘ilgan Abrorxo‘ja Abbosxo‘jayev vafot etdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made