Sergelida nima portlagani, yong‘in qayerdan chiqqani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada yong‘in chiqishi, so‘ng portlash sodir bo‘lishiga omborxonada saqlangan kimyoviy moddalar sabab bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi tergovga oid dastlabki ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi.

“Ushbu ombordan tadbirkorlar ijara shartnomasi asosida foydalanib kelgan. Biroq, omborda kimyoviy moddalar saqlash mumkin bo‘lmagan, ustiga ustak ularni saqlash bo‘yicha xavfsizlik qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan”, deydi manba QALAMPIR.UZ bilan suhbatda. 

Uning bildirishicha, kimyoviy moddalarning o‘zaro aralash holatda saqlanishi oqibatida yong‘in va portlash kelib chiqqan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, omborda peroksid vodorod saqlangan. 

Portlash ortidan 4 kishi hibsga olindi. Ular ushbu omborxona hududida ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari direktorlaridir. 

Qayd etilishicha, IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Va jinoiy protsessual tartibda 4 kishi qo‘lga olingan. 

Qo‘lga olinganlarning shaxsi, ushbu ombor hududida qanday korxonalar ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritgani QALAMPIR.UZ’ga ma’lum emas. 


Maqola muallifi

Teglar

Sergelidagi portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made