35 yashar ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchi topildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Namangan viloyatining Chust tumanida noma’lum haydovchi yo‘l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan ketib qolgani haqida xabar bergan edik. YTH natijasida ayol kishi halok bo‘lgandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida “Zarafshon” MFY hududida yuz bergan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

YTHni Toshkent viloyati Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi, 63 yoshli N.M. ismli shaxs Nexia avtomobilida sodir etgan.

Qayd etilishicha, hozirda N.M. qo‘lga olingan va YTH yuzasidan tergov harakatlari davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

231

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing