Abdulaziz Komilov Slovakiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Slovakiya Respublikasi tashqi va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbatda O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston va YeXHTning hamkorlik munosabatlarini faollashishidan ikkala tomon manfaatdorligi ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, ikki tomonlama munosabatlar yangicha tus olgani, qator qo‘shma tadbirlar, jumladan “Markaziy Osiyo mintaqasida ochiq jurnalistika” mavzusidagi Markaziy Osiyo 19-konferensiyasi, “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi YeXHT shafeligidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilgani hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi.

Muzokaralarda, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan Afg‘onistondagi vaziyat, O‘zbekiston – Slovakiya aloqalarining rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vazirlar “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi”, “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” muloqoti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishni qo‘llab-quvvatladi.

Muzokaralardan so‘ng, Miroslav Laychak tomonidan Termiz shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha ta’lim markazi uchun ko‘ngilli yordam sifatida 10 ming yevro miqdoridagi chek topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Slovakiya

Baholaganlar

1

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made