Darig‘a Nazarboyeva masalasi uzil-kesil hal bo‘ldi

Olam

image
Nazarboyevaga nazar tegdimi yoxud Darig‘aning chetlashtirilishida otasining qo‘li bormi? north_east

Nazarboyevaga nazar tegdimi yoxud Darig‘aning chetlashtirilishida otasining qo‘li bormi?

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi mamlakat parlamentining Senati a’zosi Darig‘a Nazarboyevaning senatorlik vakolatini to‘xtatdi. Bu haqda MSK Matbuot xizmati ma’lum qildi.

“2020 yil 4 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida “Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati deputati Nazarboyeva D.N.ning vakolatini tugatish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev senat raisi Darig‘a Nazarboyevaning vakolatini tugatish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Shuningdek, uning xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Darig‘a Nazarboyeva Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi. U 2019 yilda otasi Prezidentlikdan iste’foga chiqqach, Senat raisi etib saylangan edi. Undan avvalgi Senat raisi Qosim-Jomart To‘qayev mamlakat Prezidenti bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Darig'a Nazarboeva

Baholaganlar

730

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing