Farg‘onada yuz bergan YTHda voyaga yetmagan bola nobud bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 2 may kuni Farg‘ona viloyatida ayanchli yo‘l transporti hodisasi ro‘y berdi. Oqibatda voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Baxtsiz hodisa shu kuni soat 19:30 larda Bog‘dod tumani hududidan o‘tgan 4K 920V avtomobil yo‘lining 6-km da yuz bergan. 1986 yilda tug‘ilgan Q.D. Nexia rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotadi. Oqibatda yo‘l chetida turgan piyoda, 2007 yilda tug‘ilgan D.J.ni urib yuboradi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan og‘ir tan jarohatlari olgan D.J. shifoxonada vafot etadi. 

Haydovchining o‘zi ham tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

182

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing