Buloqboshi tumaniga ham yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon viloyatidagi Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Furqatbek Tojimuhammadovich Bo‘taxonov tayinladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 1 may kuni Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda sakkiz yil davomida tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan O‘tkirbek Ma’murov yangi ishiga kuzatib qo‘yilgan. 

Uning o‘rniga esa shu paytgacha Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Furqatbek Bo‘taxonov hokim etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Bo‘taxonov 1985 yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr ta’minoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini ta’minlash sohalarida g‘aznachi, hisobchi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘tkirbek Ma’murov Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Buloqboshi Furqatbek Bo'taxonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made