Ekologiya vazirligi dam olishga chiqqanlarni lola termaslikka chaqirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kunlar isib, ko‘pchilik shahar tashqarisi va ochiq hududlarda dam olishga oshiqmoqda. Shu munosabat bilan Ekologiya vazirligi dam oluvchilarga murojaat bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, ayni damda dam olish maskanlarida chiqindilarni tashlab ketish, Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni uzish, olov yoqish, atrof-muhitni ifloslantirish kabi holatlar ko‘paymoqda.

Shu munosabat bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi dam olishga chiqqanlarni quyidagilarga amal qilishga chaqiradi:

  • hosil bo‘lgan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish;
  • kul va yonuvchi moddalarni o‘chirish;
  • yashil zonalarda o‘simliklarni payxon qilmaslik;
  • Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklar, jumladan, lolalarni noqonuniy termaslik;
  • yovvoyi hayvonlarga duch kelganda ortiqcha harakat qilmaslik, ularga ozor bermaslik.

Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan jazo choralari qo‘llaniladi.

"Dam olish maskanlarida turli ekologik huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, bu haqda Ekologiya vazirligi (71 207-11-07), Ichki ishlar organlari yoki Milliy gvardiyaga murojaat qiling. Unutmang, atrof-muhit muhofazasi uchun barchamiz birdek mas’ulmiz", deyiladi vazirlikning xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

lola Ekologiya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing